+998 71 203-00-50        Ўзбекистон, Тошкент ш., Истиқлол кўчаси 29, 100017
"MIKROKREDITBANK" AKSIYADORLIK-TIJORAT BANKI

BILDIRISHNOMA
Дата раскрытия: 05.10.2023   
Дата опубликования модератором*: 05.10.2023   

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Kuzatuv kengashi majlisining 2023-yil 15-sentabrdagi 35-sonli bayonnomasi asosida, nominal qiymati 1 068 (bir ming oltmish sakkiz) so‘m bo‘lgan 234 082 397 (ikki yuz o‘ttiz to‘rt million sakson ikki ming uch yuz to‘qson yetti) dona oddiy egasining nomi yozilgan hujjatsiz shakldagi aksiyalar chiqarilganligini hamda ushbu chiqarilishdagi aksiyalar 2023-yil 29-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida Р0005-30-son bilan davlat ro‘yxatiga olinganligini maʼlum qiladi.

Aksiyalar qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorga muvofiq:

Ushbu chiqarilishdagi aksiyalarni joylashtirishda ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlar aksiyalarni, o‘ziga tegishli shu turdagi aksiyalar miqdoriga mutanosib miqdorda imtiyozli olish huquqiga ega bo‘ladi;

Bank aksiyalarini imtiyozli olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning roʻyxati
2023-yil 15-sentabr kuni holatiga shakllantirilgan Bank aksiyadorlari reyestrining ma’lumotlari asosida tuziladi;

Imtiyozli huquq amalga oshirilgan taqdirda, aksiyadorlar aksiyalarning faqat butun miqdorini olishi mumkin;

Imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyador aksiyalarni olishi toʻgʻrisida oʻzining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), oʻzi oladigan aksiyalarning soni koʻrsatilgan yozma shakldagi arizani va haq toʻlaganlik toʻgʻrisidagi hujjatni Bankka (Bankning Bosh ofisi, filiallari yoki bank xizmatlari ofislari (markazlari) orqali) yuborish orqali oʻz imtiyozli huquqini toʻliq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida Bankka (Bankning Bosh ofisi, filiallari yoki bank xizmatlari ofislari (markazlari) orqali) taqdim etilishi kerak;

Aksiyadorlarning aksiyalarni imtiyozli olish huquqi bildirishnoma e’lon qilingan paytdan e’tiboran 10 (oʻn) kun davomida amal qiladi;

Imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi;

Ushbu chiqarilishdagi aksiyalar 1 068 (bir ming oltmish sakkiz) so‘mdan joylashtiriladi;

Aksiyalar uchun toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida faqat pul mablagʻlari bilan naqd va (yoki) naqdsiz shaklda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

Aksiyalar to‘lanishiga kelib tushadigan naqd va (yoki) naqdsiz shakldagi pul mablag‘lari, shu jumladan plastik kartalardagi pul mablag‘lari ko‘chirilishi lozim bo‘lgan Emitentning bank rekvizitlari – bank nomi: “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki (qisqa nomi: “Mikrokreditbank” ATB), bank manzili: 100096, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi, 14-uy, bank tarkibiy bo‘linmasi nomi: Amaliyot boshqarmasi (qisqa nomi: Amaliyot boshqarmasi), bank tarkibiy bo‘linmasi manzili: 100096, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasi, 14-uy, bank STIR: 200547792, bank hisobvag‘i:29830000900000433213, bank kodi (MFO):00433 bo‘yicha qabul qilinadi.

Imtiyozli huquq asosida har bir aksiyador olishga haqli boʻlgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi quyidagicha: Aksiyador o‘ziga tegishli oddiy aksiyalarni Bank tomonidan ilgari joylashtirilgan jami 3 320 021 451 dona oddiy aksiyalardagi ulushini aniqlaydi va shu ulushga teng ulushda ushbu chiqarilishdagi aksiyalardan olishga haqli boʻladi.

Bankning elektron pochta manzili: info@mikrokreditbank.uz, rasmiy veb-sayti:www.mikrokreditbank.uz. Telefon: (71) 202-99-99 (ichki raqam:1304)

05.10.2023

Эмитент сайтидаги эълонга ҳавола

Порталда жойлаштирилиган маълумотларнинг ҳақиқийлиги ва тўлалигига эмитентнинг ўзи жавобгар

   79    
   
* Дата размещения информации на ЕПКИ после исправления недостоверных сведений (ошибок)
Эмитентлар сони йиллар кесимида
Топ 4 муҳим факт турлари
Умумий статистика
АЖ МЧЖ
Ҳамма эмитентлар
Жами ошкор қилинган ахборотлар сони
Муҳим фактлар
Эмиссия рисолалари
Чорак ҳисоботлар
Йиллик ҳисоботлар
Уставлар
Назорат кенгаши таркибида ўзгариш Эмитентнинг олий бошқарув органи томонидан қабул қилинган қарор Афилланган шахслар битимлар тўзиш Афилланган шахслар рўйхатида ўзгариш