+998 71 203-00-50        Ўзбекистон, Тошкент ш., Истиқлол кўчаси 29, 100017
"DEHQONOBOD KALIY ZAVODI" AKSIYADORLIK JAMIYATI

ICHKI AUDIT XIZMATI BOSH AUDITORI LAVOZIMIGA TANLOV
Дата раскрытия: 07.09.2023   
Дата опубликования модератором*: 07.09.2023   

"Dehqonobod kaliy zavodi" AJ Ichki audit xizmati bosh auditori lavozimiga tanlov elon qiladi.

E’LON

Jamiyat manzili Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, Beshbuloq MFY
Bog‘lanish uchun telefon va faks raqamlari 75-612-50-62 (dushanba-juma kunlari soat 8:00 – 17:00 gacha)
Elektron pochta manzili kadr@uz-potash.uz
Bog‘lanish uchun vakil F.I.O. Yangiboyev Nazirbek

75-612-50-62

Hujjatlarni qabul qilish muddati 2023-yil 14-sentabrkuni soat 17-00 ga qadar

Bo‘sh ish o‘rin (lavozim) vazifalari

Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

a)Jamiyat Kuzatuv kengashini ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki audit amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash;

b)ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan jamiyat boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish;

v)ichki nazoratni amalga oshirish;

g)har yili jamiyatning kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq «Ichki audit xizmati tщ-risida»gi Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar:-tasdiqlangan biznes-reja bajarilishini;

-korportiv boshqarish prinsiplariga rioya qilinishini;

-buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobning holatini;

-soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqilishi va to‘lanishini;

-moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya etilishini;

-aktivlarning holatini;

-ichki nazoratning holatini tekshirish va ularning monitoringini olib borish yo‘li bilan faqat ichki audit xizmati xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan jamiyat ixtisosidan kelib chiqib qonun hujjatlariga muvofiq tekshirishni o‘tkazishning boshqa yo‘nalishlari belgilanishi mumkin.

h)bo‘yicha tegishli tekshirishlar o‘tkazish yo‘li bilan ichki auditni amalga oshirish (har chorakda va hisobot yili yakunlari bo‘yicha);

i)tuziladigan xo‘jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza.o‘tkazish;

j)buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda jamiyatning tarkibiy bo‘linmalariga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, bank qonunlari va boshqa qonun hujjatlari masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;

k)texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, tashqi auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholashda hamda auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda Jamiyat kuzatuv kengashiga ko‘maklashish.

Nomzodlarga belgilanadigan malaka talablari Ichki audit xizmati xodimlari oxirgi o‘n yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy (shu jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha) ish stajiga ega bo‘lishi va quyidagi talablardan bittasiga javob berishi kerak:

-auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lishi;

-O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida, yoxud O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat ta’lim muassasasida olingan oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lishi.

Ish haqi va moddiy yordam 7.000.000 so‘m
Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati l.Obyektivka-ma'lumotnoma (namuna bo‘yicha).

2.Ma'lumoti to‘g‘risida diplom nusxasi (auditorning malaka sertifikati), qo‘shimcha ravishdailmiy daraja va unvonini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

3. Mehnat daftarchasining (yoki ish tajribasini tasdiqlovchi

boshqa turdagi hujjatlar) nusxasi.

4. Nomzodning shaxsini tasdiqlovchi fuqarolik pasporti

nusxasi.

07.09.2023

Эмитент сайтидаги эълонга ҳавола

Порталда жойлаштирилиган маълумотларнинг ҳақиқийлиги ва тўлалигига эмитентнинг ўзи жавобгар

   104    
   
* Дата размещения информации на ЕПКИ после исправления недостоверных сведений (ошибок)
Эмитентлар сони йиллар кесимида
Топ 4 муҳим факт турлари
Умумий статистика
АЖ МЧЖ
Ҳамма эмитентлар
Жами ошкор қилинган ахборотлар сони
Муҳим фактлар
Эмиссия рисолалари
Чорак ҳисоботлар
Йиллик ҳисоботлар
Уставлар
Назорат кенгаши таркибида ўзгариш Эмитентнинг олий бошқарув органи томонидан қабул қилинган қарор Афилланган шахслар битимлар тўзиш Афилланган шахслар рўйхатида ўзгариш