“Jizzax akkumulyator zavodi” AJ quyidagi xizmatlarni ko‘rsatish yuzasidan ixtisoslashgan tashkilotlar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi:
1) Jamiyatning 2023 yil uchun Buxgalteriya Hisobining Milliy Standartlariga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobotining tashqi auditini o‘tkazish.
2) Jamiyatning 2023 yil uchun Buxgalteriya Hisobining Milliy Standartlariga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobotini Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlariga muvofiq tranformatsiya qilish.
3) Jamiyatning 2023 yil uchun Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlariga muvofiq tuzilgan hisobotining tashqi auditini o‘tkazish.
4) Jamiyatning 2023 yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash.
5) 2023 yil yakunlari bo‘yicha jamiyatfaoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlarini tekshirish.
Tanlovda ishtirok etish istagidagi barcha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar 20.07.2023 yilgacha “Jizzax akkumulyator zavodi” AJga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
- tanlov ishtirokchisining ko’rsatiladigan xizmatlarning qiymati aks ettirilgan taklifi;
- tegishli faoliyat bilan shug’ullanish huquqini beruvchi litsenziya nusxasi;
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar nusxasi;
- tashkilot to‘g‘risidagi ma’lumotlar (sug‘urta polisi, auditorlarning malaka sertifikatlari, shuningdek, ustav kapitali miqdori, audit tajribasini tavsiflovchi faoliyat va operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan rezume, xodimlarning malakasi, kasbiy faoliyat muddati, ish tajribasi va boshqalar), shuningdek, boshqa muhim ma’lumotlar.
Takliflar O‘zbekiston Respublikasi, 130112, Jizzax, “A”-sanoat hududi yoki jaz@jaz.uz elektron manzili bo‘yicha qabul qilinadi.
Порталда жойлаштирилиган маълумотларнинг ҳақиқийлиги ва тўлалигига эмитентнинг ўзи жавобгар
| АЖ | МЧЖ | |
|---|---|---|
| Ҳамма эмитентлар | ||
| Жами ошкор қилинган ахборотлар сони | ||
| Муҳим фактлар | ||
| Эмиссия рисолалари | ||
| Чорак ҳисоботлар | ||
| Йиллик ҳисоботлар | ||
| Уставлар |