+998 71 203-00-50        Узбекистан, г. Ташкент, ул. Истиклол 29, 100017
"MUSAFFO OBI HAYOT MAGISTRAL SUV TA’MINOTI" AKSIYADORLIK JAMIYATI

ICHIMLIK SUVI VA OQAVA XIZMATLARI TARIFLARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Дата раскрытия: 06.02.2024   
Дата опубликования модератором*: 08.10.2024   

O‘tgan besh yilda Toshkent viloyatida markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 60,9 foizdan 73,8 foizga yetkazildi.

Markazlashgan suv ta’minoti asosan viloyatning 3 ta yirik yer usti inshootlari orqali ya’ni Angren shahar "Navro‘z" suv tozalash inshooti, Chirchiq shahar "Ochiq" suv tozalash inshooti va Qibray tumani "Qodiriya" suv tozalash inshootlari hamda 22 ta tumandagi suv ishlab chiqarish (skvajina) inshootlaridan iborat bo‘lib, aholiga 594 ta suv inshootlari, 866 dona suv olish quduqlari hamda 6 683,6 km uzunlikdagi quvurlar va tarmoqlar orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi.

Aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini yaxshilash maqsadida "Toshkent viloyati suv ta’minoti" AJ va boshqa manbalar hisobidan 2022-yilda jami 7,4 mlrd so‘m mablag‘lar evaziga 45,2 km ichimlik suvi tarmoqlari kapital, 125,1 km qismi joriy ta`mirlangan.

Shuningdek, ish haqi, elektr-energiya, soliq to‘lovlari, xorijiy kreditlar to‘lovi amalga oshirilgan bo‘lib, joriy va kapital ta’mirlash, tizimni modernizatsiya qilish ishlarida ham sarf-xarajatlar talab etiladi.Yuqoridagilarni inobatga olib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi 6074-sonli Farmoni 3-bandi va 2022-yil 2-avgustdagi 341-sonli qarori 4-ilovasi 5.11-bandiga muvofiq, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJga 2023-yil 6-sentabrda berilgan T-11-01/03-3651-sonli xulosasi, Iqtisodiyot va Moliya bosh boshqarmasining 2023-yil 15-sentabrdagi 0-20/27-08-38/1737-sonli xati o‘rganib chiqilib, viloyatda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari tariflarini tartibga solish maqsadida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi tomonidan “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJning iste’mochilarga yetkazib beriladigan ichimlik suvi va ko‘rsatiladigan oqova suv xizmatlari uchun 2024-yil 20-fevraldan boshlab yangilangan tariflar (narxlar) tasdiqlandi.

Unga ko‘ra 2024-yilning 20-fevralidan quyidagi belgilangan tariflar amalda qo‘llaniladi:

Ichimlik suvi:*
Ichimlik suvi: *

a) aholi uchun –1 m3 – 1 500 so‘m;

b) byudjet tashkilotlari uchun - 1 m3 – 1 700 so‘m;

v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1 m3 – 5 800 so‘m;

d) boshqa ulgurji tashkilotlar uchun - 1 m3 – 1 500 so‘m.

Oqova suv xizmati : **

a) aholi uchun – 1 m3 – 1000 so‘m;

b) byudjet tashkilotlari uchun - 1 m3 – 1 150 so‘m;

v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 – 1 900 so‘m;

d) boshqa ulgurji tashkilotlar uchun - 1 m3 – 1 000 so‘m.

* ** taklif etilayotgan narxlar QQS siz hisoblangan

06.02.2024

Данная публикация на корпоративном веб-сайте эмитента

ОТВЕТСТВЕННОСТЬ ЗА ДОСТОВЕРНОСТЬ И ПОЛНОТУ ИНФОРМАЦИИ ОПУБЛИКОВАННОЙ ЭМИТЕНТАМИ НА ПОРТАЛЕ НЕСУТ САМИ ЭМИТЕНТЫ

   95    
   
* Дата размещения информации на ЕПКИ после исправления недостоверных сведений (ошибок)
Количество эмитентов ПО ГОДАМ
ТОП 4 СУЩЕСТВЕННЫХ ФАКТОВ
Общая статистика
AO OOO
Всего эмитентов
Всего раскрытой информации
Существенные факты
Проспекты эмиссий
Ежеквартальные отчёты
Годовые отчёты
Уставы
8. Изменение в составе наблюдательного совета, ревизионной комиссии или исполнительного органа 06. Решения, принятые высшим органом управления эмитента 21. Заключение сделки с аффилированным лицом 36. Изменения в списке аффилированных лиц