+998 71 203-00-50        Узбекистан, г. Ташкент, ул. Истиклол 29, 100017
"DEHQONOBOD KALIY ZAVODI" AKSIYADORLIK JAMIYATI

BOSHQARUV RAISINING BIRINCHI O'RINBOSARIGA TANLOV
Дата раскрытия: 02.02.2024   
Дата опубликования модератором*: 02.02.2024   

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tanlov o‘tkazish haqida

E’LON

Jamiyat manzili Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, Beshbuloq MFY
Bog‘lanish uchun telefon va faks raqamlari 75-612-50-62 (dushanba-juma kunlari soat 8:00 – 17:00 gacha)
Elektron pochta manzili kadr@uz-potash.uz
Bog‘lanish uchun vakil F.I.O. Narmamatov Najmiddin
Hujjatlarni qabul qilish muddati 2024-yil 15-fevral kuni soat 17-00 ga qadar

Bo‘sh ish o‘rin (lavozim) vazifalari

Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari quyidagi vazifalarni bajaradi:

1. O‘z vakolatlari doirasida jamiyatning o‘zi rahbarlik qiladigan soha va yo‘nalishlarining samarali va barqaror faoliyat olib borishini ta’minlab, uni boshqarishda ishtirok etadi (yagona aksiyador, kuzatuv kengashi va jamiyat boshqaruv raisining mutlaq vakolatiga kiradigan masalalar bundan mustasno).

2. Jamiyat yagona aksiyadori, kuzatuv kengashi va jamiyat boshqaruv raisining qarorlarini bajaradi hamda quyidagi majburiyatlarni:

- tarkibiy bo‘linmalarning samarali hamkorligini;

- jamiyatning shartnomalar majburiyatlarini bajarilishini;

- jamiyat xodimlarining jamiyatda amaldagi qoida va tartiblarga rioya qilishlarini;

-jamoa shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarilishini ta’minlashni amalga oshiradi.

3. Jamiyatni sanoatda axborot texnologiyalari, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mahalliylashtirish va ishlab chiqarish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda hamda ijrosini bajarilishi yuzasidan boshqarilishini nazorat qiladi.

4. Jamiyat yagona aksiyadori, jamiyat kuzatuv kengashi va jamiyat boshqaruv raisining tegishliligi bo‘yicha mas’ul rahbar xodimlariga jamiyatning moliyaviy faoliyati bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlar taqdim etib boradi.

5. Jamiyat yagona aksiyadori, kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi, ichki audit va boshqaruv raisi talablariga binoan so‘ralgan hujjatlarni moneliksiz taqdim etadi.

6. Jamiyatning rasmiy yoki tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni saqlanishini ta’minlaydi (tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar ro‘yxati jamiyatning lokal hujjatlari bilan belgilanadi).

7. Jamiyat boshqaruv majlislarini tashkil etishda qatnashadi va boshqaruv raisi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida jamiyat hujjatlariga imzo chekadi.

8. Jamiyat xodimlari tomonidan mehnat va ijro intizomiga rioya etilishini, ularning ijtimoiy kafolatlari va mehnatni muhofaza qilishni ta’minlaydi.

9. Foydani oshirish va jamiyatning biznes-rejasi ko‘rsatkichlarini bajarish uchun xizmatlarni sotish jarayonida barcha turdagi resurslardan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini tashkil qiladi.

10. O‘z huquqlaridan foydalanayotganida jamiyat manfaatlariga muvofiq harakat qiladi hamda o‘z vazifalarini vijdonan bajaradi.

11. Jamiyat xodimlarining bilimlari, malakalari, tajribasi va qobiliyatlaridan yuqori darajada foydalanish choralarini ko‘radi.

12. O‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, jamiyat ustaviga, jamiyatning yagona aksiyadori buyruq-qarorlariga, jamiyatning kuzatuv kengashi bayonnomalari qarorlariga, jamiyat boshqaruv raisi buyruq-qarorlariga, boshqa lokal hujjatlarga va ushbu shartnomaga rioya qilishi hamda lavozim yo‘riqnomasida belgilangan boshqa vazifalarni bajarishi shart.

13. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z vazifalarini bajarish doirasida boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari quyidagilarga majburdir:

-O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va normativ-huquqiy hujjatlari, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi talablarga rioya qilish;

-ta’minotni taklif qilmaslik, va’da bermaslik, ruxsat berish, boshlash, berish, rozilik bermaslik, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita pul yoki boshqa har qanday moddiy huquqlarni yoki boshqa narsalardan olish, talab qilish yoki rozilik bildirmaslik.

-ta’sir qiladigan har qanday shaxslarning asossiz ustunlikka yoki boshqa noqonuniy maqsadlarga erishishiga yo‘l qo‘ymaslik;

-boshqalar tomonidan talqin qilinishi mumkin bo‘lgan hatti-harakatlardan voz kechish yoki korrupsiya harakatini sodir etishda ishtirok etmaslik;

-manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq vaziyat yuzaga kelishining har qanday ehtimolini oldini olish uchun choralar ko‘rish va agar u paydo bo‘lsa, darhol ish beruvchiga xabar berish.

14. Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari biznes-reja ko‘rsatkichlari hamda yuqori boshqaruv organlari buyruqlarini bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.

Nomzodlarga belgilanadigan malaka talablari -Mutaxassisligi bo‘yicha rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;

-Faoliyatiga oid amaldagi qonunchilik talablari va me’zonlaridan xabardor bo‘lishi;

-Сhet tillari (rus va ingliz tili)da erkin muloqot qila olishi;

-O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida, yoxud O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumotga ega bo‘lishi.

Ish haqi va moddiy yordam “DKZ” AJ boshqaruv a’zolarini mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish hamda korporativ boshqaruv va nazorat organlariga to‘lanadigan rag‘batlantirish va kompensatsiyalar to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq belgilanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati l.Obyektivka-ma'lumotnoma (namuna bo‘yicha).

2.Ma'lumoti to‘g‘risida diplom nusxasi, qo‘shimcha ravishdailmiy daraja va unvonini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

3. Mehnat daftarchasining (yoki ish tajribasini tasdiqlovchi

boshqa turdagi hujjatlar) nusxasi.

4. Nomzodning shaxsini tasdiqlovchi fuqarolik pasporti

nusxasi.

02.02.2024

Данная публикация на корпоративном веб-сайте эмитента

ОТВЕТСТВЕННОСТЬ ЗА ДОСТОВЕРНОСТЬ И ПОЛНОТУ ИНФОРМАЦИИ ОПУБЛИКОВАННОЙ ЭМИТЕНТАМИ НА ПОРТАЛЕ НЕСУТ САМИ ЭМИТЕНТЫ

   78    
   
* Дата размещения информации на ЕПКИ после исправления недостоверных сведений (ошибок)
Количество эмитентов ПО ГОДАМ
ТОП 4 СУЩЕСТВЕННЫХ ФАКТОВ
Общая статистика
AO OOO
Всего эмитентов
Всего раскрытой информации
Существенные факты
Проспекты эмиссий
Ежеквартальные отчёты
Годовые отчёты
Уставы
8. Изменение в составе наблюдательного совета, ревизионной комиссии или исполнительного органа 06. Решения, принятые высшим органом управления эмитента 21. Заключение сделки с аффилированным лицом 36. Изменения в списке аффилированных лиц