+998 71 203-00-50        Узбекистан, г. Ташкент, ул. Истиклол 29, 100017
"AGROBANK" AKSIYADORLIK TIJORAT BANKI

НАВБАТДАН ТАШҚАРИ УМУМИЙ ЙИҒИЛИШ ЎТКАЗИШ ТЎҒРИСИДА ХАБАРНОМА
Дата раскрытия: 22.01.2024   
Дата опубликования модератором*: 23.01.2024   

AGROBANK AKSIYADORLARI DIQQATIGA!

“Agrobank” ATB Toshkent shahri Botir Zokirov kо‘chasi 2a-uy manzili bо‘yicha joylashgan, (korporotiv veb-sayt:www.agrobank.uz, e-mail: headoffice@agrobank.uz) Sizga 2024 yil
14 fevral kuni soat 15:00 da aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashingiz mumkinligini ma’lum qiladi.

YIG‘ILISH KUN TARTIBI:

1.Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2.Bank Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.

3.Bankning joylashgan yeri, pochta manzilini o’zgartirish to’g’risida.

4. Bankning tashkiliy tuzilmasiga о‘zgartirishlar kiritish to’g’risida.

5. Bank Kuzatuv kengashi tarkibini ko’rib chiqish to’g’risida.

6. Bank ustaviga kiritilgan о‘zgartirishlarni tasdiqlash to’g’risida.

7. Bank ichki-me’yoriy hujjatlariga kiritilgan о‘zgartirishlarni tasdiqlash to’g’risida.

8. Bankning 2023 yil faoliyatini auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

9. Ilmiy-tadqiqot va tajriba – konstruktorlik ishlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida suv xо‘jaligi sohasidagi ilmiy xodimlarga (olimlarga) grant mablag‘lar ajratish tо‘g‘risida.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bо‘lgan aksiyadorlar reyestri tuziladigan sana: 2024 yil 8 fevral.

Umumiy yig‘ilishga qatnashish va ovoz berish huquqiga ega aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillari esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan ma’lumot va hujjatlar bilan bank Bosh ofisi binosida ushbu e’lon berilgan kundan boshlab yig‘ilish о‘tkaziladigan kunga qadar soat 10.00 dan 16.00 gacha tanishishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: (71) 202-80-08, ichki raqam 11276, 11159, 11307)

“Agrobank” ATB Kuzutuv kengashi

22.01.2024

Данная публикация на корпоративном веб-сайте эмитента

ОТВЕТСТВЕННОСТЬ ЗА ДОСТОВЕРНОСТЬ И ПОЛНОТУ ИНФОРМАЦИИ ОПУБЛИКОВАННОЙ ЭМИТЕНТАМИ НА ПОРТАЛЕ НЕСУТ САМИ ЭМИТЕНТЫ

   50    
   
* Дата размещения информации на ЕПКИ после исправления недостоверных сведений (ошибок)
Количество эмитентов ПО ГОДАМ
ТОП 4 СУЩЕСТВЕННЫХ ФАКТОВ
Общая статистика
AO OOO
Всего эмитентов
Всего раскрытой информации
Существенные факты
Проспекты эмиссий
Ежеквартальные отчёты
Годовые отчёты
Уставы
8. Изменение в составе наблюдательного совета, ревизионной комиссии или исполнительного органа 06. Решения, принятые высшим органом управления эмитента 21. Заключение сделки с аффилированным лицом 36. Изменения в списке аффилированных лиц