+998 71 203-00-50        Узбекистан, г. Ташкент, ул. Истиклол 29, 100017
"ANGREN LOGISTIKA MARKAZI" AKSIYADORLIK JAMIYATI

АВТОТРАНСПОРТ ВОСИТАЛАРИНИ МИЛЛИЙ СТАНДАРТ БЎЙИЧА БАҲОЛАШ УЧУН БАҲОЛОВЧИ ТАШКИЛОТЛАРНИ ТАНЛОВИНИ ЎТКАЗИШ ТЎҒРИСИДА
Дата раскрытия: 17.01.2024   
Дата опубликования модератором*: 18.01.2024   

Автотранспорт воситаларини миллий стандарт бўйича баҳолаш учун баҳоловчи ташкилотларни танловини ўтказиш тўғрисидаги

эълон

2024 йил 15 январь куни “Ангрен логистика маркази” АЖ кузатув кенгаши йиғилишида“Ангрен логистика маркази” АЖнинг балансидаги сўнгги уч йил мобайнида фойдаланилмаган ва таъмирталаб автомототранспорт воситаларини белгиланган тартибда баҳоловчи ташкилотлар билан шартнома тузиб баҳолатиш тўғрисида қарор қабул қилинган.

Ушбу қарор билан жамият ижроия органига 2024 йил 1 февраль ҳолатига жамият балансидаги таъмирталаб ва сўнгги уч йил мобайнида фойдаланилмаган автомототранспорт воситаларини ва бошқа асосий воситаларини белгиланган тартибда хатловдан ўтказиб рўйхатини шакллантириш, 2024 йил 10 февралга қадар “Е-auksion” электрон савдо платформаси орқали жамият балансидаги таъмирталаб ва сўнгги уч йил мобайнида фойдаланилмаган автомототранспорт воситаларини реализация қилиш учун баҳолатиш ва баҳолаш ҳисоботларини экспертизадан ўтказиш мақсадида мустақил баҳоловчи ташкилотларни “Давлат харидлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси қонуни талабларига мувофиқ электрон савдолар биржаси орқали аниқлаш вазифаси юклатилган.

Автомототранспорт воситаларини миллий стандарт бўйича баҳолаш учун баҳоловчи ташкилотларни танлови “Ангрен логистика маркази” АЖнинг 2024 йил 15 январдаги LC/5-сонли буйруғи билан тасдиқланган энг яхши таклифларни танлаб олиш бўйича техник ҳужжат ва энг яхши таклифларни танлаш бўйича харид комиссиясининг иш тартибига мувофиқ ўтказилади.

Автотранспорт воситаларини миллий стандарт бўйича баҳолаш учун баҳоловчи ташкилотларни танловида иштирок этиш учун талабгорлар 2024 йил 22 январга қадар шахсий ҳужжатларини жамиятнинг clangren@bk.ru электрон манзил орқали тақдим этишларини мумкинлиги тўғрисида маълум қиламиз.

Танловда иштирок этувчи талабгорлар “Ангрен логистика маркази” АЖ балансидаги баҳоланадиган автомототранспорт воситаларини ҳолатини кўздан кечириши ва баҳолашга доир ҳужжатлар билан Тошкент вилояти, Ангрен шаҳар, Ипак йўли кўчаси, 1-уйда жойлашган “Ангрен логистика маркази” АЖнинг маъмурий биносида иш кунлари соат 10:00дан соат 17:00гача ёки жамиятнинг 78-150-10-30, 78-150-08-82 - сонли телефонлари, www.clangren.uz расмий веб-сайти орқали яқиндан танишишлари мумкин.

Ижро органи

“Angren logistika markazi” AJning

2024-yil 15-yanvardagi

5-son buyryg’iga

1-ilova

Eng yaxshi takliflarni tanlab olish boʻyicha
TEXNIK HUJJAT

Buyurtmachi – “Angren logistika markazi” AJ

Eng yaxshi takliflarni tanlab olish boʻyicha
MAʼLUMOT

T/r

Umumiy maʼlumotlar Izoh
1. Buyurtmachining nomi

“Angren logistika markazi” AJ

2. Buyurmachining manzili

Toshkent viloyati, Angren shahri, Ipak yo’li ko’chasi’ 1-uy.

3. Buyurtmadan koʻzlangan maqsad

Jamiyatdagi _________ ni baholovchi jalb etgan holda baholash

4.

Boshlangʻich narxi _________ soʻm
5.

Tanlash uslubi

Baholash orqali
6. Moliyalashtirish manbai Jamiyat mablagi
7. Avans toʻlovi 30%
(umumiy qiymatidan)
8. Qolgan toʻlovi 70%

(Umumiy qiymatidan)

9. Toʻlov shakli Naqd koʻrinishida
emas
10. Toʻlov valyutasi Milliy valyuta (soʻm)
11. Loyihani amalga oshirish muddati 30 kun(bir oy)
12. Loyihani yakunlash tegishli hujjatlar orqali rasmiylashtiriladi.

“Angren logistika markazi” AJning

2024-yil 15-yanvardagi

5-son buyryg’iga

2-ilova

ENG YAXSHI TAKLIFLARNI TANLASH BOʻYICHA XARID KOMISSIYASINING ISH TARTIBI

(REGLAMENT)

I. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Eng yaxshi takliflarni tanlash boʻyicha xarid komissiyasining ish tartibi 2021-yil
22-apreldagi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi 684-son Qonuni talablari doirasida amalga oshiriladi.

1.2. Mazkur xarid komissiyasining ish faoliyati, mezonlari va baholash tartibi “Angren logistika markazi” AJining tegishli buyrugʻi bilan tasdiqlangan.

1.3. Boshlangʻich narxini belgilash, eʼlonga 5 ish kunidan kam boʻlmagan vaqtga chiqarish, texnik topshiriq va texnik hujjatlari ishlab chiqadi hamda xarid komissiyasi tomonidan qabul qilingan qaror bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi (yoki boshqa hujjatlar bilan).

1.4. Eng yaxshi takliflarni tanlash va gʻolibni aniqlash mezonlari tovar (ish, xizmat) davlat xaridining nafaqat pul ifodasiga, balki miqdoriy va sifatiga ham eʼtibor qaratadi.

1.5. Ishtirokchilar tomonidan notoʻgʻri, yolgʻon va/yoki shunga oʻxshash maqsadga nomuvofiq boʻlgan hujjatlar biriktirilgan taqdirda xarid komissiyasi tomonidan “0” baho bilan baholash va/yoki bunday ishtirokchini xarid jarayonidan chetlashtirish vakolatini oʻzida saqlab qoladi.

II. Xarid komissiyasining ish faoliyatini tashkil qilish va kelib tushgan takliflarni oʻrganib chiqish hamda baholash.

2.1. Xarid komissiyasi tomonidan texnik topshiriq hamda texnik hujjat ishlab chiqiladi, boshlangʻich narxini aniqlash imkoni boʻlmaganida ixtisoslashgan tashkilotlarga soʻrovnoma yuboriladi va soʻrovnomaga asosan kelib tushgan takliflar orasidan eng arzon taklif etilgan tijorat taklifi boshlangʻich narx sifatida belgilanadi, shuningdek zururiyatga koʻra boshqa hujjatlar ishlab chiqiladi hamda komissiya kotibi tomonidan bayonnoma koʻrinishida rasmiylashtiriladi.

2.2. Eng yaxshi takliflarni tanlash boʻyicha xarid komissiyasi tomonidan kelib tushgan takliflar oʻrganib chiqiladi, tahlil qilinadi, komissiya raisi ishtirokida yigʻilish tashkil etiladi va baholash ishlari komissiya kotibi tomonidan bayonnoma koʻrinishida rasmiylashtiriladi, shuningdek xarid komissiyasi quyidagilarni alohida koʻrib chiqadi va oʻrganadi, xususan:

– xarid jarayonida xarid komissiyasi tomonidan ishtirok etayotgan ishtirokchilarning takliflari oʻrganiladi;

– ishtirokchilarning malakasi va tajribasi;

– tashkilotning tajribasi va malakasi;

– loyihani amalga oshirish muddatlari;

– Soliqlar va yig'imlarni to'lash bo'yicha muddati o'tgan qarz yo'qligi to'g'risida ma'lumot;

– Professional Jamoat birlashmalariga a`zoligini tasdiqlovchi sertifikat;

– taqdim etiladigan boshqa hujjatlar, ularning rasmiylashtirilishi (imzo, muhr), maʼlumotlardagi sifat va koʻrilgan puxta tayyorgarligi, taqdim qilingan hujjatlar imkoniyat darajasida tekshiriladi;

– taqdim etilayotgan maʼlumotlarda notoʻgʻri, yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilmaganligi (mavjud imkoniyatdan kelib chiqqan holda);

– taqdim etilayotgan maʼlumotlarda notoʻgʻri, yolgʻon maʼlumotlar aniqlangan taqdirda ularga nisbatan koʻriladigan choralar va oqibatlarining chuqur tahlili (mavjud imkoniyatdan kelib chiqqan holda);

2.3. Komissiya kotibi tomonidan rasmiylashtirilgan bayonnoma asosida xarid komissiyaning baholagan ballari tizimga kiritiladi va xarid komissiyasi aʼzolari tomonidan kiritilgan baholar xarid komissiyasi tomonidan elektron imzo orqali tasdiqlanadi.

2.4. Xarid ishtirokchilari minimal oʻtish ballarini toʻplay olmagan taqdirda keyingi bosqichga avtomatik ravishda tizim tomonidan oʻtkazilmaydi.

2.5. Gʻolib aniqlanganidan soʻng 2 kunlik muddatga portalga joylashtiriladi, muhokama yakunlanganidan soʻngina tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi va tegishli tarkibiy boʻlinmalar shartnoma loyihasi qayta koʻrib chiqilib tizimga yuklanadi.

2.6. Xarid komissiyasi tomonidan ovozga qoʻyish natijalari (ichki xarid bayonnomalari) haqidagi maʼlumotlar maxfiy hisoblanadi va oshkor etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

2.7. Gʻolib boʻlgan ishtirokchi tomonidan shartnoma loyihasi koʻrib chiqiladi va imzolanadi.

2.8. Shartnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab texnik topshiriqqa muvofiq tegishli ishlar boshlanadi.

Texnik qismini baholash boʻyicha
MAʼLUMOT

1-jadval

T/r

Mezonlar
va talablar

Baholash usuli Ball
1.

Loyihani amalga oshirish boʻyicha jalb qilinayotgan mutaxassislarning malakasi va tajribasi

Xarid komissiyasi tomonidan taqdim etilgan takliflardan kelib chiqib baholanadi 25 ball
2.

Loyihani amalga oshirish boʻyicha jalb qilinayotgan kompaniya (baholovchi)ning malakasi va tajribasi

Xarid komissiyasi tomonidan taqdim etilgan takliflardan kelib chiqib baholanadi 20 ball
3. Loyihani amalga
oshirish muddati
Xarid komissiyasi tomonidan taqdim etilgan takliflardan kelib chiqib baholanadi 15 ball
4. Loyihani amalga oshirish boʻyicha jalb qilinayotgan kompaniyaning Soliqlar va yig'imlarni to'lash bo'yicha muddati o'tgan qarz yo'qligi to'g'risida ma'lumot Xarid komissiyasi tomonidan taqdim etilgan takliflardan kelib chiqib baholanadi 10 ball
5. Baholovchi tashkilotlar Professional Jamoat birlashmalariga a`zoligini tasdiqlovchi sertifikat Xarid komissiyasi tomonidan taqdim etilgan takliflardan kelib chiqib baholanadi 15 ball
6. Ishtrokchning moliyaviy ahvoli haqida ma`lumodnoma
(F1 va F2)
Xarid komissiyasi tomonidan taqdim etilgan takliflardan kelib chiqib baholanadi 15 ball

Texnik qismining jami baholanishi:

100 ball

Texnik qismini baholash boʻyicha

Xarid komissiyasi tomonidan kelib tushgan takliflardan eng yaxshisini tanlab olish maqsadida, takliflar oʻrganib chiqiladi va baholash ishlari amalga oshriladi. Taqdim etilgan takliflar orasidan notoʻgʻri va/yoki yolgʻon maʼlumotlar xarid komissiyasi tomonidan aniqlangan taqdirda bunday ishtirokchiga “0” ball yoki xarid jarayonidan chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya).Shuningdek, minimal keyingi bosqichga oʻtish ballarini toʻplay olmagan xarid ishtirokchilari keyingi bosqichga avtomatik ravishda oʻtkazilmaydi.

17.01.2024

Данная публикация на корпоративном веб-сайте эмитента

ОТВЕТСТВЕННОСТЬ ЗА ДОСТОВЕРНОСТЬ И ПОЛНОТУ ИНФОРМАЦИИ ОПУБЛИКОВАННОЙ ЭМИТЕНТАМИ НА ПОРТАЛЕ НЕСУТ САМИ ЭМИТЕНТЫ

   42    
   
* Дата размещения информации на ЕПКИ после исправления недостоверных сведений (ошибок)
Количество эмитентов ПО ГОДАМ
ТОП 4 СУЩЕСТВЕННЫХ ФАКТОВ
Общая статистика
AO OOO
Всего эмитентов
Всего раскрытой информации
Существенные факты
Проспекты эмиссий
Ежеквартальные отчёты
Годовые отчёты
Уставы
8. Изменение в составе наблюдательного совета, ревизионной комиссии или исполнительного органа 06. Решения, принятые высшим органом управления эмитента 21. Заключение сделки с аффилированным лицом 36. Изменения в списке аффилированных лиц