“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2024-yil 25-yanvar kuni Toshkent shahri, Mirobod tumani, Turkiston ko‘chasi, 7-uy, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ markaziy idora binosida bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilish soat 17:00da, aksiyadorlarni ro‘yxatga olish esa soat 16:00da boshlanadi. 2024-yil 4-yanvar jamiyat Kuzatuv kengashining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazilishi to‘g‘risidagi aksiyadorlarni xabardor qilish uchun aksiyadorlar reestrini tuzish sanasi.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri tuzilgan sana 2023-yil 22-yanvar
1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi reglamentini tasdiqlash.
2. Jamiyat sanoq komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibi nomzodlarini tasdiqlash.
3. "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
4. "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishiga qadar aksiyadorlik jamiyatining yagona ijro etuvchi organi - bosh direktorini tasdiqlash.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga oid materiallar bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Turkiston ko‘chasi 7-uyda, tanishish mumkin. tel. 71 299-70-76.
Jamiyat aksiyadorlari o‘zlari bilan passport, aksiyadorlar vakillari esa – notarial tasdiqlangan ishonchnoma, yuridik shaxslar – amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq tuzilgan ishonchnomaga ega bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining 06.05.2014-yildagi O‘RQ-370-son Qonuniga asosan. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” barcha aksiyadorlardan pasport ma’lumotlari va STIR, pochta manzili, shuningdek, o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma’lumot berishlarini so‘raymiz. Elektron pochta manzili uzjeldorpass_@mail.ru
ОТВЕТСТВЕННОСТЬ ЗА ДОСТОВЕРНОСТЬ И ПОЛНОТУ ИНФОРМАЦИИ ОПУБЛИКОВАННОЙ ЭМИТЕНТАМИ НА ПОРТАЛЕ НЕСУТ САМИ ЭМИТЕНТЫ
| AO | OOO | |
|---|---|---|
| Всего эмитентов | ||
| Всего раскрытой информации | ||
| Существенные факты | ||
| Проспекты эмиссий | ||
| Ежеквартальные отчёты | ||
| Годовые отчёты | ||
| Уставы |