“AGROBANK” AKSIYADORLIK TIJORAT BANKI
AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
BILDIRISHNOMA
“Agrobank” ATB Kuzatuv kengashining 2023 yil 15 dekabrdagi 11-sonli majlis bayoniga asosan 2 235 643 957 (Ikki milliard ikki yuz o‘ttiz besh million olti yuz qirq uch ming to‘qqiz yuz ellik yetti) dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar chiqarilganligini hamda 2023 yil 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida P0226-30-son bilan ro’yxatga olinganligini ma’lum qiladi.
Qо‘shimcha chiqarilayotgan aksiyalar, shu jumladan imtiyozli huquq bо‘yicha 1 168 (bir ming bir yuz oltmish sakkiz) sо‘mdan joylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2023 yil 15 dekabr holatiga ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar ushbu qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarni o‘zlariga tegishli shu turdagi aksiyalar miqdoriga mutanosib miqdorda belgilangan narxda imtiyozli sotib olish huquqiga ega.
Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyadorlar aksiyalarni sotib olishi to‘g‘risida o‘zining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), o‘zi oladigan aksiyalar soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to‘laganlik to‘g‘risidagi hujjatni bankka (Bosh ofis va bank filiallari orqali) taqdim etish orqali o‘z imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishlari mumkin.
Imtiyozli huquq bо‘yicha joylashtiriladigan aksiyalar uchun tо‘lovlar naqd va naqdsiz pul mablag‘lari kо‘rinishida qabul qilinadi. Aksiyalar uchun pul mablag‘lari bankning istalgan filiallarida balansning 29830 “Aksiyalar uchun obuna mablag‘ini tо‘lash bо‘yicha depozitlar” hisobraqamlariga qabul qilinadi.
Naqd pul mablag‘lari bankning barcha filiallari orqali qabul qilinadi.
Bank rekvizitlari: “Agrobank” ATBning Markaziy amaliyotlar boshqarmasi hisob raqami: 29 830 000 500 001 140 004 (MFO 01140).
Imtiyozli huquqning amal qilish muddati 2023 yilning 30 dekabridan boshlab 10 (o‘n) kunni tashkil etishini ma’lum qilamiz.
Bankning pochta manzili: 100096, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Muqimiy ko‘chasi, 43-uy.
Bankning elektron pochta manzili: cenbum@agrobank.uz
29.12.2023y.
ОТВЕТСТВЕННОСТЬ ЗА ДОСТОВЕРНОСТЬ И ПОЛНОТУ ИНФОРМАЦИИ ОПУБЛИКОВАННОЙ ЭМИТЕНТАМИ НА ПОРТАЛЕ НЕСУТ САМИ ЭМИТЕНТЫ
| AO | OOO | |
|---|---|---|
| Всего эмитентов | ||
| Всего раскрытой информации | ||
| Существенные факты | ||
| Проспекты эмиссий | ||
| Ежеквартальные отчёты | ||
| Годовые отчёты | ||
| Уставы |