“Asakabank” AJ Kengashining 2024-yil 5-fevraldagi qaroriga muvofiq, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2024-yil 27-fevral soat 15:00da “Asakabank” AJ bosh ofisi binosi (manzil: Toshkent sh. Nukus koʻchasi, 67-uy)da quyidagi kun tartibi asosida boʻlib oʻtadi:
KUN TARTIBI
1) “Asakabank” AJning 2024-yil uchun moʻljallangan biznes rejasini tasdiqlash;
2) “Asakabank” AJning Ustaviga kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalarni tasdiqlash;
3) “Asakabank” AJning bir qator ichki normativ hujjatlariga kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalarni tasdiqlash;
4) 2024-yil uchun “Asakabank” AJ Boshqaruviga to‘lanadigan haq va uning eng yuqori miqdorini belgilash;
5) “Asakabank” AJ balansida hisobi yuritilayotgan kredit qarzdorliklari evaziga Bank balansiga qabul qilingan mol-mulklarni “Asakabank” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi balansiga o‘tkazib berish masalasini ko’rib chiqish;
6) “Asakabank” AJ Boshqaruvining Bankning “umidsiz” aktivlarini undirish boʻyicha qoʻllangan chora-tadbirlar to’g’risidagi hisoboti;
7) “Asakabank” AJning balansdan tashqari hisobvaraqlariga oʻtkazilganiga 5-yildan oshgan, bugungi kunda undirilishi istiqbolsiz boʻlgan aktivlarni hisobdan chiqarish;
“Asakabank” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi toʻgʻrisida Bank aksiyadorlariga xabar berish uchun tuziladigan reyestr sanasi – 2024-yil 5-fevral.
“Asakabank” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida qatnashuvchi Bank aksiyadorlari reyestrini tuzish sanasi – 2024-yil 21-fevral.
“Asakabank” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi kun tartibidagi materiallar bilan, 100015, Toshkent shahri, Nukus koʻchasi 67 uyda joylashgan Bankning bosh ofisi binosida tanishish mumkin: Tel. (78) 147-65-65 (11-32), Korporativ munosabatlar xizmati.
Issuer is responsibe for the accuracy and completeness of information published on the portal by him
| JSC | LLC | |
|---|---|---|
| Total issuers | ||
| Total disclosures | ||
| Essential facts | ||
| Prospectuses | ||
| Quarterly reports | ||
| Annual reports | ||
| Charters |