+998 71 203-00-50        Uzbekistan, Tashkent. Istiklal str. 29, 100017
"DEHQONOBOD KALIY ZAVODI" AKSIYADORLIK JAMIYATI

BOSHQARUV RAIZI LAVOZIMIGA TANLOV
Дата раскрытия: 02.02.2024   
Дата опубликования модератором*: 02.02.2024   

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ boshqaruv raisi lavozimiga

tanlov o‘tkazish haqida

E’LON

Jamiyat manzili Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, Beshbuloq MFY
Bog‘lanish uchun telefon va faks raqamlari 75-612-50-62 (dushanba-juma kunlari soat 8:00 – 17:00 gacha)
Elektron pochta manzili kadr@uz-potash.uz
Bog‘lanish uchun vakil F.I.O. Narmamatov Najmiddin
Hujjatlarni qabul qilish muddati 2024-yil 15-fevralkuni soat 17-00 ga qadar

Bo‘sh ish o‘rin (lavozim) vazifalari

Quyidagilar boshqaruv raisining asosiy vazifalari hisoblanadi:

1. O‘z vakolatlari doirasida jamiyatning samarali va barqaror faoliyat olib borishini ta’minlab uni boshqarishda ishtirok etadi (yagona aksiyador va kuzatuv kengashining mutlaq vakolatiga kiradigan masalalar bundan mustasno).

2. Jamiyat yagona aksiyadori va kuzatuv kengashining qarorlarini bajaradi hamda quyidagi majburiyatlarni:

- jamiyatning tarkibiy bo‘linmalarini samarali hamkorligini;

- jamiyatning shartnomalar majburiyatlarini bajarilishini;

- ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan miqdorda foyda keltirishni;

- jamiyat xodimlarining jamiyatda amaldagi qoida va tartiblarga rioya qilishlarini;

- jamoa shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarilishini ta’minlashni amalga oshiradi.

3. Jamiyatni rivojlantirish bo‘yicha dasturlar va biznes-rejalarni ishlab chiqishda hamda ijrosini bajarilishi yuzasidan boshqarilishini nazorat qiladi.

4. Jamiyat kuzatuv kengashi va yagona aksiyadoriga jamiyatning moliyaviy faoliyati bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlar tayyorlab taqdim etib boradi.

5. Jamiyat yagona aksiyadoriga, kuzatuv kengashiga, taftish komissiyasi va ichki audit talablariga binoan so‘ralgan hujjatlarni moneliksiz taqdim etadi.

6. Jamiyatning rasmiy yoki tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni saqlanishini (agar uning majburiyatlariga bunday ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga topshirish kirmasa) ta’minlaydi (tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar ro‘yxati jamiyatning lokal hujjatlari bilan belgilanadi).

7. Jamiyat boshqaruv majlislarini tashkil etishda qatnashadi va o‘z vakolatlari doirasida jamiyat hujjatlariga imzo chekadi.

8. Jamiyat xodimlari tomonidan mehnat va ijro intizomiga rioya etilishini, ularning ijtimoiy kafolatlari va mehnatni muhofaza qilishni ta’minlaydi.

9. Foydani oshirish va jamiyatning biznes-rejasi ko‘rsatkichlarini bajarish uchun xizmatlarni sotish jarayonida barcha turdagi resurslardan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini tashkil qiladi.

10. O‘z huquqlaridan foydalanayotganida jamiyat manfaatlariga muvofiq harakat qiladi hamda o‘z vazifalarini vijdonan bajaradi.

11. Jamiyat xodimlarining bilimlari, malakalari, tajribasi va qobiliyatlaridan yuqori darajada foydalanish choralarini ko‘radi.

12. O‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, jamiyat ustaviga, jamiyatning yagona aksiyadori buyruq-qarorlariga, jamiyatning kuzatuv kengashi bayonnomalari qarorlariga, boshqa lokal hujjatlarga va ushbu shartnomaga rioya qilishi hamda lavozim yo‘riqnomasida belgilangan boshqa vazifalarni bajarishi shart.

13. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z vazifalarini bajarish doirasida boshqaruv raisi quyidagilarga majburdir:

-O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va normativ-huquqiy hujjatlari, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi talablarga rioya qilish;

-ta’minotni taklif qilmaslik, va’da bermaslik, ruxsat berish, boshlash, berish, rozilik bermaslik, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita pul yoki boshqa har qanday moddiy huquqlarni yoki boshqa narsalardan olish, talab qilish yoki rozilik bildirmaslik.

-ta’sir qiladigan har qanday shaxslarning asossiz ustunlikka yoki boshqa noqonuniy maqsadlarga erishishiga yo‘l qo‘ymaslik;

-boshqalar tomonidan talqin qilinishi mumkin bo‘lgan hatti-harakatlardan voz kechish yoki korrupsiya harakatini sodir etishda ishtirok etmaslik;

-manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq vaziyat yuzaga kelishining har qanday ehtimolini oldini olish uchun choralar ko‘rish va agar u paydo bo‘lsa, darhol ish beruvchiga xabar berish.

14. Boshqaruv raisi biznes-reja ko‘rsatkichlari hamda yuqori boshqaruv organlari buyruqlarini bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.

Nomzodlarga belgilanadigan malaka talablari -Mutaxassisligi bo‘yicha rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;

-Faoliyatiga oid amaldagi qonunchilik talablari va me’zonlaridan xabardor bo‘lishi;

-Сhet tillari (rus va ingliz tili)da erkin muloqot qila olishi;

-O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida, yoxud O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumotga ega bo‘lishi.

Ish haqi va moddiy yordam “DKZ” AJ boshqaruv a’zolarini mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish hamda korporativ boshqaruv va nazorat organlariga to‘lanadigan rag‘batlantirish va kompensatsiyalar to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq belgilanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati l.Obyektivka-ma'lumotnoma (namuna bo‘yicha).

2.Ma'lumoti to‘g‘risida diplom nusxasi, qo‘shimcha ravishdailmiy daraja va unvonini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

3. Mehnat daftarchasining (yoki ish tajribasini tasdiqlovchi

boshqa turdagi hujjatlar) nusxasi.

4. Nomzodning shaxsini tasdiqlovchi fuqarolik pasporti

nusxasi.

02.02.2024

Link to the announcement on the website of the issuer

Issuer is responsibe for the accuracy and completeness of information published on the portal by him

   90    
   
* Дата размещения информации на ЕПКИ после исправления недостоверных сведений (ошибок)
Number of issuers by year
Top 4 essential facts type
General Statistics
JSC LLC
Total issuers
Total disclosures
Essential facts
Prospectuses
Quarterly reports
Annual reports
Charters
A change in the staff of the officials. Decisions taken by the supreme governing body of the issuer The conclusion of a transaction with affiliated entity Changes in the list of affiliates.