+998 71 203-00-50        Uzbekistan, Tashkent. Istiklal str. 29, 100017
"O‘ZKIMYOSANOAT" AKSIYADORLIK JAMIYATI

AKSIYADORLARNING NAVBATDAN TASHQARI UMUMIY YIG'ILISHI
Дата раскрытия: 16.01.2024   
Дата опубликования модератором*: 16.01.2024   

“OʻZKIMYOSANOAT” AKSIYADORLIK JAMIYATI

AKSIYADORLARI DIQQATIGA!

“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi 2024-yil 8-fevral kuni soat 11:00 da Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy manzilida joylashgan jamiyatning maʼmuriy binosida oʻtkaziladi.

KUN TARTIBI:

1. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi sanoq komissiyasi aʼzolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.

2. “Oʻzkimyosanoat” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.

3. “Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashi aʼzosi Sh. Vafayevning vakolatini muddatidan avval tugatish.

4. “Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kengashi aʼzosini saylash.

5. “Oʻzkimyosanoat” AJning qoʻshimcha aksiyalarini chiqarish orqali ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish.

6. “Oʻzkimyosanoat” AJning aksiyalar qoʻshimcha chiqarilishi toʻgʻrisidagi qarorini tasdiqlash.

7. “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoat va axborot texnologiyalari sohasida kooperatsion aloqalarni kengaytirish boʻyicha birinchi oʻrinbosarini tasdiqlash.

8. “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining investitsiyalar
va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosarini tasdiqlash.

Umumiy yigʻilishda qatnashish huquqiga ega aksiyadorlar roʻyxati 2024-yil 2-fevral holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestriga asosan tuziladi.

Umumiy yigʻilish qatnashchilarini roʻyxatga olish 2024-yil 8-fevral kuni soat 10:00 da boshlanib, soat 11:00 gacha davom etadi.

Umumiy yigʻilishda qatnashish uchun aksiyadorlar oʻzi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa – Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari soʻraladi.

Umumiy yigʻilishni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda aksiyadorlarga taqdim etilishi lozim boʻlgan axborot (materiallar) bilan tanishish uchun quyidagi manzil va telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri Navoiy koʻchasi, 38-uy, telefon: +(99878) 140-74-97, 140-74-98.

                                                                                                                                                                         “Oʻzkimyosanoat” AJ kuzatuv kyengashi

16.01.2024

Link to the announcement on the website of the issuer

Issuer is responsibe for the accuracy and completeness of information published on the portal by him

   59    
   
* Дата размещения информации на ЕПКИ после исправления недостоверных сведений (ошибок)
Number of issuers by year
Top 4 essential facts type
General Statistics
JSC LLC
Total issuers
Total disclosures
Essential facts
Prospectuses
Quarterly reports
Annual reports
Charters
A change in the staff of the officials. Decisions taken by the supreme governing body of the issuer The conclusion of a transaction with affiliated entity Changes in the list of affiliates.