+998 71 203-00-50        Uzbekistan, Tashkent. Istiklal str. 29, 100017
"O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AKSIYADORLIK TIJORAT XALQ BANKI"

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AKSIYADORLIK TIJORAT XALQ BANKI AKSIYADORLARI DIQQATIGA! BILDIRISHNOMA
Дата раскрытия: 21.12.2023   
Дата опубликования модератором*: 22.12.2023   

O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat

Xalq banki aksiyadorlari diqqatiga!

BILDIRISHNOMA

O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 30-oktabrdagi 19-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan 412 006 236 000,0 (to‘rt yuz o‘n ikki milliard olti million ikki yuz o‘ttiz olti ming) so‘mlik nominal qiymati 1 000,0 (bir ming) so‘m bo‘lgan 412 006 236 (to‘rt yuz o‘n ikki million olti ming ikki yuz o‘ttiz olti) dona “Qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qaror”i2023-yil 21-dekabrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2023-yil 30-oktabr holatiga shakllantirilgan bank aksiyadorlari reyestrida mavjud aksiyadorlar bank ustav kapitalidagi o‘ziga tegishli shu turdagi aksiyalarning ulushiga mutanosib ravishda qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarni imtiyozli sotib olish huquqiga ega.

Imtiyozli sotib olish huquqining amal qilish muddati – mazkur bildirishnoma e’lon qilingan kundan e’tiboran 10 (o‘n) kun.

Aksiyalarni joylashtirish narxi –1 000 (bir ming) so‘m.

Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyador aksiyalarni olishi to‘g‘risida o‘zining nomi va joylashgan eri, o‘zi oladigan aksiyalarning soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to‘laganlik to‘g‘risidagi hujjatni bankka yuborish orqali o‘z imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishga haqli.

Aksiyadorlar aksiyalarning faqat butun miqdorini olishi mumkin.

Bankning pochta manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 100096, Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46.

Elektron pochta manzili: info@xb.uz

Ma’lumot uchun telefon: (+99878)120-17-86.

21.12.2023й.

21.12.2023

Link to the announcement on the website of the issuer

Issuer is responsibe for the accuracy and completeness of information published on the portal by him

   68    
   
* Дата размещения информации на ЕПКИ после исправления недостоверных сведений (ошибок)
Number of issuers by year
Top 4 essential facts type
General Statistics
JSC LLC
Total issuers
Total disclosures
Essential facts
Prospectuses
Quarterly reports
Annual reports
Charters
A change in the staff of the officials. Decisions taken by the supreme governing body of the issuer The conclusion of a transaction with affiliated entity Changes in the list of affiliates.