+998 71 203-00-50        Uzbekistan, Tashkent. Istiklal str. 29, 100017
"O`ZBEKISTON TEMIR YO`LLARI" AKSIYADORLIK JAMIYATI

“COMPLY OR EXPLAIN”(РИОЯ ҚИЛ ЁКИ ТУШУНТИР) ХАЛҚАРО ТАМОЙИЛИ БЎЙИЧА АХБОРОТ
Дата раскрытия: 25.04.2022   
Дата опубликования модератором*: 25.04.2022   

Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarigarioya qilish haqida

Xabarnoma

2020 yil 1 yanvardan 2020 yil 31 dekabrgacha bo'lgan davr uchun

"Rioya qil yoki tushuntir" ("comply or explain") xalqaro tamoyilida e'lon

"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo'yicha komissiya yig'ilishining 2015 yil 31 dekabrdagi bayonnomasi bilan tasdiqlangan korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga yagona aksiyadorning 2016 yil 30 iyundagi qaroriga asosan o'zining haqqoniy va ochiq biznes yuritish tarafdori ekanligini namoyon qilgan holda ixtiyoriy ravishda amal qilmoqda.

2020 yil 1 yanvardan 2020 yil 31 dekabrgacha bo'lgan davr mobaynida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ o'z faoliyatini korporativ boshqaruv kodeksining (keyingi o'rinlarda - Kodeks) tavsiyalariga rioya qilgan holda olib borаdi va kelgusida ham ularga rioya qilishni ko'zlaydi.

Shu bilan birga, hisobot davrida Kodeksning tavsiyalari ba'zi istisnolar bilan amalga oshirildi.

I. Kodeksning V bo'limi 22-bandi:

4-xatboshisining tavsiyasiga ko'ra, xorijiy tajribada muvaffaqiyatli sinovdan o'tgan boshqaruv uslublari, shu jumladan, SWOT, GAP tahlil va boshqa yondashuvlar, maxsus dasturiy mahsulotlar va boshqalarni keng qo'llaydi.

Shu bilan birga, kelajakda, yangi talablarni hamda maqsadga muvofiqlikni inobatga olib, "O'zbekiston temir yo'llari" AJda boshqaruv uslublari va boshqa yondashuvlardan foydalanish, shuningdek zamonaviy boshqaruv tizimlarini tadbiq qilishni moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.

II. Kodeksning VI bo'limi 25-bandi:

10-xatboshisining tavsiyasiga ko'ra, jamiyat boshqaruv organlari AJ faoliyatida korporativ Qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilishga mas'ul bo'lgan va kuzatuv Kengashiga hisobot beruvchi korporativ maslahatchi lavozimini joriy etadi.

Hozirda "O'zbekiston temir yo'llari" AJda aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshqarmasi tuzilgan bo`lib jamiyat faoliyatida korporativ Qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari, har yili korporativ boshqaruv tizimini baholash o'tkaziladi. Korporativ boshqaruv kodeksi me'yorlariga rioya etish natijalari Kuzatuv kengashi tomonidan ko'rib chiqiladi.

Toshkent shahri,

T. Shevchenko ko'chasi, 7. 25 fevral 2022 y.

25.04.2022

Link to the announcement on the website of the issuer

Issuer is responsibe for the accuracy and completeness of information published on the portal by him

   896    
   
* Дата размещения информации на ЕПКИ после исправления недостоверных сведений (ошибок)
Number of issuers by year
Top 4 essential facts type
General Statistics
JSC LLC
Total issuers
Total disclosures
Essential facts
Prospectuses
Quarterly reports
Annual reports
Charters
A change in the staff of the officials. Decisions taken by the supreme governing body of the issuer The conclusion of a transaction with affiliated entity Changes in the list of affiliates.