+998 71 203-00-50        Узбекистан, г. Ташкент, ул. Истиклол 29, 100017
РЕШЕНИЯ, ПРИНЯТЫЕ ВЫСШИМ ОРГАНОМ УПРАВЛЕНИЯ ЭМИТЕНТА, В ТОМ ЧИСЛЕ РЕШЕНИЯ НАБЛЮДАТЕЛЬНОГО СОВЕТА ХОЗЯЙСТВЕННЫХ ОБЩЕСТВ О ВЫПУСКЕ АКЦИЙ, КОРПОРАТИВНЫХ ОБЛИГАЦИЙ И ИНЫХ ЦЕННЫХ БУМАГ
Дата раскрытия: 02.02.2024   
Дата опубликования модератором*: 02.02.2024   
1.

НАИМЕНОВАНИЕ ЭМИТЕНТА

Полное: “IMKON FINANS mikromoliya tashkiloti” aksiyadorlik jamiyati
Сокращенное: “IMKON FINANS mikromoliya tashkiloti” AJ
Наименование биржевого тикера: IMKF3
2.

КОНТАКТНЫЕ ДАННЫЕ

Местонахождение: Andijon viloyati, Andijon shahar, А.Temur shox ko'chasi, 44-А
Почтовый адрес: 170100, Andijon viloyati, Andijon shahar, А.Temur shox ko'chasi, 44-А
Адрес электронной почты: info@imkonfinans.uz
Официальный веб-сайт: www.imkonfinans.uz
3.

ИНФОРМАЦИЯ О СУЩЕСТВЕННОМ ФАКТЕ

Номер существенного факта: 6
Наименование существенного факта: Решения, принятые высшим органом управления эмитента, в том числе решения наблюдательного совета хозяйственных обществ о выпуске акций, корпоративных облигаций и иных ценных бумаг
Вид собрания: заседания наблюдательного совета
Дата проведения собрания: 31.01.2024
Дата составления протокола собрания: 31.01.2024
Место проведения собрания: Andijon shahar, A.Temur shoh ko’chasi 44-a uy.
Кворум собрания: 100,00
Вопросы, поставленные на голосование Итоги голосования
за против воздержались
% количество % количество % количество
1 “IMKON FINANS mikromoliya tashkiloti” aksiyadorlik jamiyatining korporativ obligatsiyalarni muomalaga chiqarish to’g’risida qaror qabul qilish 100,0 3 0 0 0 0
2 “IMKON FINANS mikromoliya tashkiloti” aksiyadorlik jamiyatining korporativ obligatsiyalarni muomalaga chiqarish to’g’risidagi qaror hamda emissiya risolasini tasdiqlash 100,0 3 0 0 0 0
Полные формулировки решений, принятых общим собранием
1 1.1. “IMKON FINANS mikromoliya tashkiloti” aksiyadorlik jamiyatining resurs bazasini oshirish maqsadida jamiyat korporativ obligatsiyalarning to’rtinchi chiqariluvini muomalaga chiqarilishiga ruxsat berilsin. 1.2. Obligatsiyalarni muomalaga chiqarish miqdori, shartlari, muddatlari va obligatsiyalarning har biri bo’yicha to’lanadigan daromadlarni belgilash tartibi quyidagicha belgilansin: - chiqarilishdagi obligatsiyalarning miqdorini egasining nomi yozilgan foizli, hujjatsiz shaklda, 10 000 (o’n ming) dona, nominal qiymati 1 000 000 (bir million) so’mdan boʻlgan, umumiy summasi 10 000 000 000 (o’n milliard) so’m deb belgilansin; - ushbu chiqarilishdagi korporativ obligatsiyalar jamiyatning o’z kapitali miqdori doirasidan yuqori bo’lganligi sababli, emissiyaning to’liq qiymatini sug’urta tashkilotining sug’urta polisi bilan ta’manilangan holda muomalaga chiqarilsin; - jamiyat obligatsiyalarining sug’urta tashkilotining sug’urta polisini taqdim etuvchi sifatida “GLOBAL INSURANCE GROUP” sug’urta tashkiloti aksiyadorlik jamiyati belgilansin; - ushbu chiqarilishdagi bir dona obligatsiyalarning qimmatli qog’ozlarning uyushgan savdolaridagi boshlang’ich bahosi nominal qiymatida, yaʼni 1 000 000 (bir million) so’mni tashkil qiladi; - mazkur chiqarilishdagi korporativ obligatsiyalar soni cheklanmagan investorlar o’rtasida ommaviy usulda (ochiq obuna yo’li bilan) joylashtiruvi amalga oshirilsin; - obligatsiyalar chiqarilishi davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanadan boshlab 365 (uch yuz oltmish besh) kun davomida joylashtiruvi amalga oshirilsin; - obligatsiyalarni joylashtirishni boshlash sanasi – obligatsiyalarning chiqarilishi davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi xabar ommaviy axborot vositalariga eʼlon qilingan sanadan boshlab 15 (o’n beshinchi) kundan hisoblansin. Agar obligatsiyalarni joylashtirishning boshlanish sanasi bank hisob-kitob operatsiyalari uchun dam olish kuniga to’g’ri kelsa, bu holda obligatsiyalarni joylashtirishning boshlanish sanasi ushbu kunlardan keyingi birinchi ish kuniga ko’chirilsin; - obligatsiyalarning joylashtirishning tugash sanasi – mazkur chiqarilishning so’nggi obligatsiya joylashtirilgan kun. Biroq obligatsiyalarni joylashtirishni yakunlanish sanasi, mazkur chiqarilish qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organida davlat ro’yxatiga olingan kundan boshlab 365 (uch yuz oltmish besh) kundan oshmasligi lozim; - ushbu chiqarilishdagi obligatsiyalar uchun to’lovlar qimmatli qog’ozlarning uyushgan savdo tashkilotchisi qoidalariga muvofiq tuziladigan bitimlar asosida naqdsiz pul o’tkazish yoʻli bilan hisob-kitoblarni O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasida amalga oshirish. Obligatsiyalar bo’yicha pulsiz vositalar bilan to’lovlar amalga oshirilmasin; - obligatsiyalarning muomala muddatini – obligatsiyalar joylashtirilishi boshlangan sanadan 1 080 (bir ming sakson) kun qilib belgilash. Mazkur muddat foizlarni to’lash maqsadida har bir 30 kunga teng bo’lgan 36 ta oraliq davrlarga boʻlinsin; - ushbu obligatsiyalarning har biri bo’yicha toʻlanadigan daromad miqdorini yillik (kupon stavkasi) 28 (yigirma sakkiz) foiz qilib belgilansin; - obligatsiya egasiga belgilangan muddat oralig’ida obligatsiyaning nominal qiymatidan (amaldagi soliq qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda foiz daromadidan to’lash manbaidan ushlab qolingan soliqni inobatga olgan holda) obligatsiyalarni chiqarish bo’yicha o’rnatilgan shartlarida foizli daromad olish huquqini berilsin; - obligatsiyalar bo’yicha foizli daromadlar jamiyat tomonidan tegishli oraliq davrning oxirgi sanasida tuzilgan obligatsiyalar egalari reestrida ro’yxatdan o’tgan obligatsiya egasiga to’lab berilsin, bunda: • bitta obligatsiyaga 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11 va 12-chi oraliq davr uchun foizli daromad quyidagicha aniqlansin: Dn = N * Cn * (E - Ef) / 365, bunda: Dn – obligatsiyalar bo’yicha hisoblangan foizli daromadlari; N – obligatsiyaning nominal qiymati; E – 30 kunlik joylashtirish davrlarning oxirgi sanasi; Ef – hisoblangan oraliq davrdagi, obligatsiyaning sotib olingan sana; Cn – obligatsiyalar bo’yicha foiz stavkasi (yillik hisobda), n-oraliq davrning tartib raqami (n=1, 2, 3, 4...12). **Izoh: Foizli daromad miqdori bir tiyinga qadar aniqlik bilan belgilash. • bir obligatsiyaga har bir oraliq davr uchun yillik foizli daromad miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlansin: Dn = N * Cn * E / 365, bunda: Dn – obligatsiyalar bo’yicha hisoblangan foizli daromadlari; N – obligatsiyaning nominal qiymati; E – 30 kunlik joylashtirish davrlarning oxirgi sanasi; Cn – obligatsiyalar bo’yicha foiz stavkasi (yillik hisobda), n-oraliq davrning tartib raqami (n=1, 2, 3,…36). **Izoh: Foizli daromad miqdori bir tiyinga qadar aniqlik bilan belgilash. 1.3. Obligatsiyalarni muddatidan oldin so’ndirish ehtimoli va shartlarini belgilash tartibi quyidagicha belgilansin: - obligatsiyalarni so’ndirish sanasi, joylashtirishni boshlanish sanasidan boshlab 1081 (bir ming sakson bir) kunga o’tgan kun hisoblansin; - obligatsiyalarini muddatidan oldin so’ndirish, obligatsiyalar joylashtirilgan sanadan boshlab 360 (uch yuz oltmish) kundan ilgari so’ndirishni amalga oshirish mumkin emas deb belgilash, bunda ushbu chiqarilishdagi obligatsiyalar sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi, obligatsiyalarni joylashtirish muddatlarida joylashtirilmasligi, jamiyat o‘z kapitali miqdori kamaytirilganda va/yoki jamiyat qayta tashkil etilgan va tugatilish hollari mustasno deb belgilansin; - obligatsiya egasi obligatsiyalarning 360, 390, 420, 450, 480, 510, 540, 570, 600, 630, 660, 690, 720, 750, 780, 810, 840, 870, 900, 930, 960, 990, 1020, 1050 va 1080 kunlar oraliq davrlari tugashidan kamida 10 (oʻn) ish kunidan oldin jamiyatga ushbu obligatsiyalarni muddatidan oldin so’ndirish bo’yicha ariza bilan murojaat qilish huquqi berilsin; - jamiyat Kuzatuv kengashi jamiyat ustaviga muvofiq obligatsiyalarni muddatidan oldin jamiyat ixtiyori bilan qaytarib sotib olish to’g’risida qaror qabul qilishga haqli ekanligi belgilansin; - jamiyat obligatsiyalarni muddatidan oldin so’ndirish to’g’risida vaziyatlar yuzaga kelganda, obligatsiya egalarini 10 (oʻn) bank ish kuni oldin yozma shaklda obligatsiya egalarining reestrida aks ettirilgan maʼlumotlari (manzillari) bo’yicha xabardor qilinsin; - jamiyat obligatsiya egalariga obligatsiyaning nominal qiymati hamda unga hisoblangan foiz daromadlarini jamiyat ishtirokchilari qaror qabul qilgan kundan boshlab 10 (o’n) bank ish kuni ichida obligatsiya egalari reestrida ko’rsatilgan bank rekvizitiga o’tkazib berishni amalga oshirilsin; - obligatsiyalarni muddatidan oldin so’ndirish bo’yicha jamiyatning Kuzatuv kengashi qarori qabul qilingan kunidan boshlab, mazkur obligatsiyalarga to’lovlarni amalga oshirish maqsadida ajratilgan kunlar uchun foizlar hisoblanmasin; - obligatsiyalarni muddatidan oldin so’ndirish bo’yicha qaror qabul qilingan kundan 2 (ikki) ish kuni ichida korporativ axborot yagona portali (www.openinfo.uz), jamiyatning rasmiy veb-sayti (www.imkonfinans.uz) va “Toshkent” Respublika fond birjasining rasmiy veb-saytida (www.uzse.uz) ushbu fakt to’g’risida rasmiy xabarni eʼlon qilib, maʼlumotlarni obligatsiya egalariga yetkazilsin. 1.4. Obligatsiyalarni chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda jamiyat tomonidan obligatsiyalar uchun to’langan mablag’larning qaytarish tartibi quyidagicha belgilansin: - obligatsiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilganligi to’g’risidagi maʼlumotlar, tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab 2 (ikki) ish kuni ichida Biznes Daily “Birja” gazetasida, shuningdek korporativ axborot yagona portali (www.openinfo.uz), jamiyatning rasmiy veb-sayti (www.imkonfinans.uz) va “Toshkent” Respublika fond birjasining rasmiy veb-saytida (www.uzse.uz) belgilangan tartibda oshkor qilinsin; - obligatsiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan sanadan so’ng 10 (oʻn) kun ichida obligatsiyalar egalarining reestri asosida, obligatsiyalar uchun to’langan mablag’lar va foiz to’lovlarini qonunchilikda belgilangan tartibda investorlarga qaytarilsin; - obligatsiyalar chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan paytdan e’tiboran emitent ushbu qaror asosida chiqarilgan obligatsiyalar bo’yicha foizlarni hisoblashni to’xtatilsin; - jamiyat tomonidan obligatsiya egalariga obligatsiyalarning chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilganidan so’ng, to’lovlarni amalga oshirish maqsadida ajratilgan kunlar uchun foizlar to’lanmasin. 1.5. Jamiyat tomonidan obligatsiya egalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishiruvchi to’lov agenti quyidagicha belgilansin: - jamiyat obligatsiya egalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishiruvchi to’lov agenti sifatida “INVEST FINANCE BANK” aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyat filialida (MFO: 01114, x/r: 2021 6000 3049 3475 9005) ochilgan hisob raqami orqali to’lovlar amalga oshirilsin; - chiqarilishdagi obligatsiyalar bo’yicha, obligatsiya egalari bilan hisob-kitoblarni naqd pulda to’lanishini ko’zda tutilmaydi. 1.6. Obligatsiyalarni joylashtirish jarayoni bo’yicha anderrayter (anderrayterlar guruhi) tanlash hamda tegishli axborotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda ommaviy axborot vositalarida oshkor qilish quyidagicha belgilansin: - obligatsiyalarni joylashtirish bo’yicha xizmatlar, shu jumladan anderrayter xizmatlarini ko’rsatuvchi “HBCapital” masʼuliyati cheklangan jamiyati investitsiya vositachisini jalb qilgan holda amalga oshirilsin; - jamiyat Boshqaruv raisiga “HBCapital” MCHJ oʻrtasida anderrayterlik shartnomasini rasmiylashtirish vazifasi yuklatilsin; - obligatsiyalarni joylashtirish bo’yicha axborotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda ommaviy axborot vositalarida oshkor qilish va investorlarni emissiya hujjatlari bilan tanishtirish quyidagicha amalga oshirilsin: • obligatsiyalarni chiqarilishi davlat ro’yxatidan oʻtkazilganligi to’g’risidagi axborot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda korporativ axborot yagona portali (www.openinfo.uz), jamiyatning rasmiy veb-sayti (www.imkonfinans.uz) va “Toshkent” Respublika fond birjasining rasmiy veb-saytida (www.uzse.uz) oshkor qilinsin; • obligatsiyalar chiqarilishi to’g’risidagi qarorning asli nusxalari bilan jamiyatning maʼmuriy binosida, haftaning ish kunlari soat 900 dan 1800 gacha bo’lgan vaqt davomida tanishtirilsin.
2 2.1. “IMKON FINANS mikromoliya tashkiloti” aksiyadorlik jamiyatining obligatsiyalar chiqarilishi to’g’risidagi qaror 1-ilovaga muvofiq tasdiqlasin. 2.2. “IMKON FINANS mikromoliya tashkiloti” aksiyadorlik jamiyatining obligatsiyalar chiqarilishi to’g’risidagi emissiya risolasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlasin. 2.3. “IMKON FINANS mikromoliya tashkiloti” aksiyadorlik jamiyati obligatsiyalar chiqarilishi to’g’risidagi qaror va emissiya risolasini imzo bilan tasdiqlash vakolati Kuzatuv kengashi raisi Teshabayev Akmaljon Ergashevichga berilsin. 2.4. “IMKON FINANS mikromoliya tashkiloti” aksiyadorlik jamiyati obligatsiyalar chiqarilishi to’g’risidagi qaror va emissiya risolasini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun topshirish vazifasini jamiyat Boshqaruv raisi O’.Ziyaydinovga berilsin.
Текст вносимых изменений и (или) дополнений в устав mavjud emas
Ф.И.О. руководителя исполнительного органа: Oʻ.S.Ziyaydinov
Ф.И.О. главного бухгалтера: N.N.Olimov
Ф.И.О. уполномоченного лица, разместившего информацию на веб-сайте: A.M.Komilov
Данная публикация на корпоративном веб-сайте эмитента

ОТВЕТСТВЕННОСТЬ ЗА ДОСТОВЕРНОСТЬ И ПОЛНОТУ ИНФОРМАЦИИ ОПУБЛИКОВАННОЙ ЭМИТЕНТАМИ НА ПОРТАЛЕ НЕСУТ САМИ ЭМИТЕНТЫ

   26    
   
* Дата размещения информации на ЕПКИ после исправления недостоверных сведений (ошибок)
Количество эмитентов ПО ГОДАМ
ТОП 4 СУЩЕСТВЕННЫХ ФАКТОВ
Общая статистика
AO OOO
Всего эмитентов
Всего раскрытой информации
Существенные факты
Проспекты эмиссий
Ежеквартальные отчёты
Годовые отчёты
Уставы
8. Изменение в составе наблюдательного совета, ревизионной комиссии или исполнительного органа 06. Решения, принятые высшим органом управления эмитента 21. Заключение сделки с аффилированным лицом 36. Изменения в списке аффилированных лиц